“Sahifani ochish vaqti keldi. Men yangi sarguzashtlarni boshlayapman. Bundan buyon jamoaning birinchi raqamli tarafdori bo'laman. 13 yil davomida faxr bilan xizmat qilgan Fransiya terma jamoasi mening qalbimda hamisha alohida o‘rin egallaydi va mening eng yaxshi xotiram bo‘lib qoladi”, — deb o‘z ijtimoiy tarmoqlarida Jiru o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
37 yoshida Olivye Jiru 2011 yilning noyabrida AQSHga qarshi o'yinda (1:1) Frantsiya terma jamoasi safida debyut qilgan. Jamoadagi 13 yillik faoliyati davomida u 137 ta uchrashuvda maydonga tushib, 57 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning terma jamoadagi so‘nggi o‘yini 2024 yilgi Yevropa chempionati yarim finalida Ispaniyaga qarshi o‘yin (1:2) bo‘lgan.